Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Edegor Sakani maqtadi

Edegor Sakani maqtadi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning norvegiyalik hujumkor yarim himoyachisi Martin Edegor jamoa vingeri Bukayo Sakaning joriy Angliya Premyer-ligasidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Yaqinda APLning 2-turida "Aston Villa"ga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsda Saka g‘alaba golini urgan edi.

"Bukayoni yana gol urayotganini ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi. Biz undan aynan shuni kutamiz va u bu mavsumni ajoyib formada boshlagani ko‘rinib turibdi.

Albatta, o‘tgan mavsumda jarohatlar tufayli unda muammolar bo‘ldi. Ammo hozir u katta ishtiyoq va bu mavsumda yanada yaxshiroq o‘ynash istagi bilan qaytdi", — dedi Edegor klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Bugun, 6 sentyabr kuni "Arsenal" va "Chelsi" o‘rtasida London derbisi bo‘lib o‘tadi.

Har ikki jamoa ham APLning dastlabki ikki turida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 16:29, 06.09.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик