Opta ma’lumotiga ko‘ra, Jan Pyero Gasperini «Roma» tarixida A Seriyada ketma-ket 8 ta g‘alaba qozonishga erishgan uchinchi murabbiy bo‘ldi.
Bunga qadar bunday natijani faqat ikki mutaxassis qayd etgan:
• Luchano Spalletti — 2005/06 mavsumida ketma-ket 11 ta, 2016 yilda esa 8 ta g‘alaba.
• Rudi Garsiya — 2013/14 mavsumida ketma-ket 11 ta, 2014 yilda esa 9 ta g‘alaba.
Shu tariqa, Gasperini ham «Roma» tarixidagi eng uzun g‘alabali seriyalarni qayd etgan murabbiylar qatoriga qo‘shildi.













