«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen qanot hujumchisi Maykl Olise 2027 yilning yozi yakunlanganidan so‘ng ham jamoada qolishiga va’da bera olishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
«Futbolda va’da berish — oson ish emas. Uni uzoq vaqtga saqlab qola olamizmi-yo‘qmi — buni 2027 yil yozida yana muhokama qilamiz», — deydi Drezen jurnalist Fabrisio Romanoning Sport1-Doppelpass manbasiga tayanib keltirgan iqtibosida.
O‘tgan yozda OAVda Olisega Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo 2026 yilning iyun oyida «qirollik klubi» futbolchi yoki uning atrofidagilar bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etgan rasmiy bayonot bergan edi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













