Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Gattuzo: «O‘z muxlislaringning qo‘llab-quvvatlashi bo‘lmaganida, bu juda seziladi»

Gattuzo: «O‘z muxlislaringning qo‘llab-quvvatlashi bo‘lmaganida, bu juda seziladi»

Baho:
+ | -

«Lasio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Udineze»ga qarshi safar o‘yini oldidan muxlislar noroziligining jamoaga ta’siri haqida gapirib o‘tdi.

«Agar klub atrofidagi muhit bizga ta’sir qilmayapti desam, munofiqlik qilgan bo‘laman. Ta’sir qilyapti, bu fakt. «Olimpiko» kabi go‘zal stadionda o‘ynayotganingda, ammo o‘z muxlislaringning qo‘llab-quvvatlashi bo‘lmasa, goldan so‘ng tribuna tomon bora olmasang va ishlar yurishmagan paytda hushtakbozlik eshitsang, bu juda seziladi», — dedi Gattuzo Sky nashriga bergan intervyusida.

«Biz bu holatni yengib o‘tishni bilishimiz kerak. Bunday qiyinchiliklar bo‘lishini bilardim. Yagona yo‘l — mehnat qilishda davom etish, yaxshi o‘yin ko‘rsatish va tayyor bo‘lishdir. Umid qilamizki, kunlardan bir kun bularning barchasi tugaydi va yana muxlislarimiz bilan birga bo‘lish, ular esa bizga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Hozircha ko‘p narsa qila olmaymiz. Ularning qarorini hurmat qilish kerak, chunki ular o‘z pozisiyalarida qat’iy turmoqdalar. Men faqat buni qabul qilishim va kunlardan bir kun «Olimpiko» yana muxlislarimiz bilan to‘lishini orzu qilishim mumkin», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Muxlislar noroziligiga klub prezidenti Klaudio Lotito va uning olib borayotgan faoliyatidan norozilik sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 20:21, 06.09.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик