"Arsenal" ketma-ket 12 ta o‘yinda "Chelsi"ga qarshi mag‘lubiyatga uchramadi.
Bugun Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa Premyer-liganing uchinchi turida "ko‘klar"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi 12 ta o‘yinda "kanonirlar" to‘qqizta g‘alaba qozonishgan va uchta durang natija qayd etishgan.
"Chelsi"ning "kanonirlar" ustidan so‘nggi g‘alabasi 2021 yil 22 avgustda 2:0 hisobida bo‘lgan.













