Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Amorim: «Biz g‘alabaga loyiq emasdik, «Yuventus» ham mag‘lubiyatga loyiq emasdi»

Amorim: «Biz g‘alabaga loyiq emasdik, «Yuventus» ham mag‘lubiyatga loyiq emasdi»

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya chempionatining 3-turida «Yuventus»ga qarshi safarda o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Rostini aytsam, biz g‘alabaga loyiq emasdik. To‘g‘rirog‘i, «Yuventus» mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Biz o‘z futbolimizni o‘ynashga harakat qildik, ammo to‘p bilan harakat qilishda ko‘p narsa o‘xshamadi.

Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilgan paytlarimiz bo‘ldi. Keyin esa to‘pni tez-tez yo‘qota boshladik va unchalik yaxshi o‘ynamadik. Lekin yana bir bor aytaman, biz atigi ikki oydan beri birga ishlayapmiz. Biz o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak, ammo buning uchun vaqt zarur. Bu biz uchun og‘ir o‘yin bo‘ldi.

Jamoamizda individual mahorat bor. Ammo futbolda eng muhimi oddiy narsalar — to‘pni qanday qabul qilishimiz, qanday uzatishimiz, ya’ni futbolning asosiy jihatlari. Bugun shu narsalar bizda o‘xshamadi.

Menda shunday taassurot borki, jamoamiz to‘pga egalik qilmagan paytda qiynalyapti. «Yuventus» maydonga ko‘p hujumchilarni tushirganida biz yaxshi himoyalandik. Ammo to‘pni yo‘qotib, ular tezkor hujumga o‘tgan vaziyatlarda ko‘proq muammoga duch keldik.

Biz o‘yin uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz. Chunki ayrim uchrashuvlarda hammasi o‘xshaydi, boshqalarida esa yo‘q. Eng muhimi, biz g‘alaba uchun kurashyapmiz. Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo yana takrorlayman, «Yuventus» ham mag‘lubiyatga loyiq emasdi», — deya Amorimning so‘zlarini DAZN keltirdi.

«Milan» 3 ta o‘yindan keyin 7 ochko jamg‘argan va Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. 4-turda milanliklar 13 sentyabr kuni safarda «Lasio»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:15, 07.09.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик