Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Chelsi» Aleks Skott transferini asosiy maqsad qilib belgiladi

«Chelsi» Aleks Skott transferini asosiy maqsad qilib belgiladi

Baho:
+ | -

«Chelsi» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni sotib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. Bu haqda TEAMtalk manbalariga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘klar» «Bornmut» bilan shunday kelishuvni ko‘rib chiqishga tayyorki, unga ko‘ra 23 yoshli angliyalik futbolchi 2027 yil yozida London klubi safiga qo‘shilishi mumkin.

«Chelsi» boshqa nomzodlarga ham qiziqish bildirib turganiga qaramay, Skottni asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab qo‘ygan.

«Bornmut» yoz davomida yetakchi futbolchilarini sotish niyatida emasligini ma’lum qilib keldi. Skott va Krupi klub saqlab qolishga qat’iy bel bog‘lagan futbolchilar qatorida edi.

Avvalroq «Chelsi» ushbu transfer uchun taxminan 80 million yevro ajratishga tayyor ekani xabar qilingan, ammo bu taklif rad etilgan.

Shu bilan birga, BBC ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘zi 2026 yilda «Bornmut» tomonidan taklif qilingan yangi shartnomani imzolashdan bosh tortgan.

2026 yilgi yozgi transfer oynasida Skottga «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va «Manchester Siti» ham qiziqish bildirgan. BBC iyun oyida «Arsenal» ham «Bornmut»dan rad javobini olgani haqida xabar bergan edi.

Skott 2023 yil avgustidan beri «Bornmut» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 39 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Aleks Skottning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:16, 07.09.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик