Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Darvozabon Kuman dubl qayd etib, «Telstar»ni mag‘lubiyatdan qutqardi

Darvozabon Kuman dubl qayd etib, «Telstar»ni mag‘lubiyatdan qutqardi

Baho:
+ | -

«Telstar» Niderlandiya chempionatining 5-turida o‘z maydonida «Kambur» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mezbonlar 22-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qoldi. Hujumchi Nokkvi Torisson qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

«Kambur» Rafik El Argiuining 53-daqiqadagi va Nikolas Binderning 60-daqiqadagi gollaridan so‘ng 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

Shundan keyin «Telstar» darvozaboni kichik Ronald Kuman jamoasini qutqardi. U 63-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. 90+11-daqiqada esa yana bir 11 metrlik zarbani golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

Kichik Ronald Kuman — «Barselona» va Niderlandiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Ronald Kumanning o‘g‘li. 31 yoshli darvozabon «Telstar»ning asosiy penalti tepuvchisi hisoblanadi.

U 2025/26 yilgi Niderlandiya chempionatining 34-turida ham «Volendam»ga qarshi o‘yinda penaltidan gol urgan edi. O‘sha uchrashuvda «Telstar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Eredivizidagi o‘rnini saqlab qolgan.

Kiritildi: 05:25, 07.09.2026.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик