Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

«Milan» va «Inter»ning yangi stadion loyihasi yana kechikishi mumkin

«Milan» va «Inter»ning yangi stadion loyihasi yana kechikishi mumkin

Baho:
+ | -

«Milan» va «Inter»ning yangi umumiy stadion qurish loyihasi yana kechikish xavfi ostida qoldi.

Football Italia xabariga ko‘ra, Milan shahrida yashovchi fuqarolardan biri «San-Siro» stadioni atrofidagi yer maydonining klublarga berilishi qonuniyligiga e’tiroz bildirib, shahar ma’muriyatini sudga bergan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, da’vo yer maydonining «Milan» va «Inter»ning Stadio San Siro SpA qo‘shma kompaniyasiga topshirilishi bilan bog‘liq. Ushbu bitim 2025 yil 5 noyabr kuni rasman yakunlangan.

Da’vogarning ta’kidlashicha, munisipalitet jarayonni ataylab tezlashtirgan va stadionning 70 yilligiga atigi besh kun qolganida yerni klublarga topshirgan. Chunki shu sanadan keyin «San-Siro» avtomatik ravishda madaniy merosni muhofaza qilish maqomiga ega bo‘lishi va uni sotish yoki buzish taqiqlanishi kerak edi.

«Milan» va «Inter» yangi umumiy stadion qurilishini nihoyat tezlashtirishga umid qilgandi. Biroq yangi sud mojarosi jarayonning cho‘zilishiga va qurilish ishlari boshlanishining yana ortga surilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 05:38, 07.09.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик