«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager «Arsenal» hujumchisi Kay Xavers haqida fikr bildirdi. Nemis futbolchisi APLning 7-turida «Chelsi»ga qarshi o‘tgan va 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda gol urdi.
«Xaversni asosiy tarkibdan chiqarish uchun dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lish kerak. Bu Ian Rayt yoki Tyerri Anri darajasidagi, bir mavsumda kafolatlangan tarzda 30 ta gol ura oladigan hujumchi bo‘lishi lozim.
Dyokeresh ham, Rojers ham hech qachon Xaversning o‘rnini egallay olmaydi. Masala ularning hujumda jamoaga nima bera olishidagina emas, balki butun jamoa uchun qanchalik foydali ekanida.
«Arsenal»ga qarshi o‘ynash nega bu qadar qiyin ekanining sabablaridan biri — jamoa oldingi chiziqdan juda yaxshi pressing qiladi. Hatto raqib bu pressingdan chiqib ketganida ham, butun jamoa orqaga qaytadi va to‘p chizig‘i ortiga o‘tadi. Xavers esa bunday paytda o‘z darvozasidan atigi 23–27 metr uzoqlikda bo‘ladi.
Jahon darajasidagi hujumchidan xuddi shunday ishni talab qilib ko‘ring — u bunga rozi bo‘lmaydi», — deya Karragerning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.
«Arsenal» 9 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega «Manchester Siti» esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.













