Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Kike Flores La Liga mavsumi boshidagi «Alaves»ning muvaffaqiyatlarini baholadi

Kike Flores La Liga mavsumi boshidagi «Alaves»ning muvaffaqiyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

«Alaves» bosh murabbiyi Kike Flores La Liganing dastlabki 4 turidan so‘ng jamoaning ko‘rsatgan natijalariga baho berdi.

«Alaves» «Xetafe» (3:0), «Vilyarreal» (1:0) va «Osasuna» (5:2) ustidan qozonilgan g‘alabalar hamda «Rayo Valyekano» bilan qayd etilgan durangdan (1:1) so‘ng 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

«Baxtli bo‘lganingda, bu hissiyotlarni tashqariga chiqarish va ulardan zavq olish kerak. Hayot — bu raqs va uni o‘ynash lozim. Biz ajoyib davrni boshdan kechirmoqdamiz va ijobiy fikrlashimiz zarur. Futbolchilar o‘zlarining eng yaxshi sifatlarini ko‘rsatishmoqda va shu bilan birga yanada yaxshiroq bo‘lishga intilmoqdalar. Hozirda jamoa va muxlislar o‘zlari loyiq bo‘lgan bir to‘lqindalar».

Mavsumdagi muvaffaqiyatli start kaliti haqida

«Ishtiyoq va jo‘shqinlik. Inson baxtli va ruhlangan bo‘lsa, o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qodir bo‘ladi. Bu klubdagi hamma bir xil fikrlamoqda. Biz ushbu lahzalardan zavq olyapmiz va qabul qilingan har bir qaror, yanada ko‘prog‘ini talab qilayotganimiz va o‘zi ham rivojlanishni istayotgan futbolchilarning o‘yini uchun mas’uliyatni his etmoqdamiz. Bu klubning o‘sishiga yordam beradigan dinamika va u saqlanib qoladi degan umiddaman».

To‘rt turda to‘plangan 10 ochko haqida

«Buni faqat va faqat pozitiv qabul qilish va lahzadan zavq olish kerak. Biz ushbu raqobatbardoshlik va o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch hissi o‘tkinchi bo‘lib qolmasligini xohlaymiz. Agar ushbu natijalar tufayli ajoyib bir ish qilayotganimizni anglasak, bu bizni ruhlantiradi va ushbu hissiyotlarni muxlislarimiz — biz aynan ular uchun o‘ynayotgan insonlar bilan baham ko‘rishga imkon beradi.

Umid qilamanki, biz ushbu mehnatni mustahkamlab, mehnatimiz munosib e’tirof etilayotganini his qilgan holda oldinga harakat qilishda davom etamiz», — dedi Kike Flores.

Kiritildi: 07:17, 07.09.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик