«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Erling Xolandni almashtirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Italiyalik mutaxassis norvegiyalik hujumchini ortiqcha zo‘riqtirmaslik uchun barcha uchrashuvlarda ham asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmayotganini aytdi.
«Xolandni kim almashtirishi mumkin? Bu o‘yin rejasi va uchrashuvning qanday kechishiga bog‘liq.
Antuan Semenyo markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynay oladi. Shuningdek, Fil Foden avval ham «soxta to‘qqizlik» rolida harakat qilganini bilaman. Barchasi vaziyatga bog‘liq», — deya Mareskaning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Seshanba kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida safarda «Portu»ga qarshi maydonga tushadi.













