Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Espozito: «Inter»da o‘z uyimni topdim»

Espozito: «Inter»da o‘z uyimni topdim»

Baho:
+ | -

Hujumchi Franchesko Pio Espozito «Inter» bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. 21 yoshli forvard ushbu kelishuvni «ushalgan orzu» deb atadi va klub bildirgan ishonchni oqlash uchun mehnat qilishda davom etishga va’da berdi.

«Men hamisha «Inter»ni o‘z uyim deb bilganman va shartnomani uzaytirishni orzu qilardim. Bu mening o‘sishim uchun mukammal makon, bildirilgan ishonch uchun klubga faqat minnatdorchilik bildiraman».

Futbolchi, shuningdek, jamoa sardori Lautaro Martinesning ta’siri haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«U birinchi kundan beri menga yordam berib keladi, maydonda va maydondan tashqarida maslahatlar beradi. Men uning izidan borishni istayman».

Espozito «Inter» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va yoshlar jamoasidan to asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Kiritildi: 08:44, 07.09.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик