Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Pro ligada nima gaplar? Bugun 18-turga yakun yasaladi

Pro ligada nima gaplar? Bugun 18-turga yakun yasaladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Pro ligasida 18-tur uchrashuvlari bugun, 7 sentyabr kuni davom ettiriladi. Turning so‘nggi kunida to‘rtta bahs o‘tkazilishi belgilangan.

Kecha tur doirasida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Lochin" va "G‘azalkent" 1:1 hisobida durang qayd etdi. "Sho‘rtan" safarda "Yaypan"ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Olimpik Mobiuz" "BuxDU" ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Bugungi kunning markaziy uchrashuvlaridan biri FarDU va chempionat peshqadami "Aral" o‘rtasida kechadi. Bahs soat 16:00da boshlanadi. Xuddi shu vaqtda "Kattaqo‘rg‘on" — "Respublika FA" uchrashuvi start oladi. Soat 17:00da TerDU "Jayxun"ni qabul qilsa, turga 18:30da boshlanadigan "Metallurg" — "Paxtakor FJ" bahsi yakun yasaydi.

Hozirda "Aral" 17 uchrashuvdan keyin 42 ochko bilan peshqadam. Kechagi yirik g‘alabadan so‘ng "Sho‘rtan" 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Metallurg" 34 ochko bilan uchinchi, bir o‘yin kam o‘tkazgan FarDU esa 32 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada.

Shu bois bugungi bahslar turnir jadvalining yuqori qismiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. "Aral" g‘alaba qozonsa, ochkolarini 45 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisidan farqni 9 ochkoga oshiradi. FarDU esa o‘z maydonida peshqadamni yengsa, 35 ochko bilan yuqori o‘rinlar uchun kurashni yanada qizdiradi. "Metallurg" ham g‘alaba qozongan taqdirda 37 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:09, 07.09.2026.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик