Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Jerar Martin: "Biz raqibni yo‘q qilishni xohlaymiz"

Jerar Martin: "Biz raqibni yo‘q qilishni xohlaymiz"

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Jerar Martin jamoaning navbatdagi yirik g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

La Liganing 4-turida "ko‘k-anorranglilar" "Valensiya" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.

"Biz doim yana ko‘proq gol urishni xohlaymiz. 2:0 yoki 3:0 hisobida g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo yo‘q. Biz gol urishda davom etishni, raqibni butunlay bosim ostida qoldirishni va unga birorta ham imkoniyat bermaslikni istaymiz.

Shu bilan birga, o‘z darvozamizdan ham gol o‘tkazib yubormaslikni xohlaymiz", — deya Martinning so‘zlarini Barça Universal keltirdi.

"Barselona" 4 turdan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar bu uchrashuvlarda 17 ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi 2 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 11:28, 07.09.2026.
O'qildi: 1029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик