"Barselona" vingeri Rafinya Ispaniya La Ligasida kataloniyaliklar safida urgan gollari sonini 50 taga yetkazdi.
Shu tariqa, braziliyalik futbolchi "Barselona" tarixida La Ligada eng ko‘p gol urgan braziliyaliklar orasida kuchli beshlikdan joy olmoqda.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rivaldo 86 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Evaristo — 78, Ronaldinyo — 69 va Neymar — 68 ta gol bilan joylashgan. Rafinya esa 50 ta gol bilan ularni ta’qib qilmoqda.
Endi Rafinyaga Neymarning natijasiga yetib olish uchun yana 18 ta, Ronaldinyoga tenglashish uchun esa 19 ta gol kerak.













