Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Milan» A Seriyada yetti o‘yindan so‘ng ilk bor «Yuventus» darvozasini ishg‘ol qildi

«Milan» A Seriyada yetti o‘yindan so‘ng ilk bor «Yuventus» darvozasini ishg‘ol qildi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi chempionatning 3-turida «Yuventus» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, «Milan» A Seriyada yettita o‘yindan so‘ng birinchi marta «Yuventus»ga gol urdi.

«Milan» tarkibida yarim himoyachi Alfajo Sisse 68-daqiqada hisobni ochdi. «Yuventus» himoyachisi Federiko Gatti esa 90+2-daqiqada jamoasiga durangni olib kelgan golni urdi.

A Seriyadagi avvalgi oltita uchrashuvda jamoalar to‘rt marta 0:0 hisobida durang o‘ynagan, ikki marta esa «Yuventus» 2:0 va 1:0 hisoblarida g‘alaba qozongan.

«Yuventus» uchta o‘yinda yetti ochko to‘plab, A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Milan» ham yetti ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Kiritildi: 14:57, 07.09.2026.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик