Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Mourinyo: «Inter»ning Chempionlar ligasini yutmagani hayratlanarli»

Mourinyo: «Inter»ning Chempionlar ligasini yutmagani hayratlanarli»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi o‘yin oldidan Milan jamoasini yuqori baholadi. Umumiy bosqichning 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bu ajoyib jamoa. Ular olti yildan beri bir xil o‘yin modeliga amal qilib kelmoqda. Konte davridan Kivugacha — o‘sha uslub, o‘sha taktik profil va o‘sha turdagi futbolchilar. Ular hatto ko‘zini yumgan holda ham o‘ynay oladi», — deya Mourinyuning so‘zlarini Sky keltirdi.

«Bu juda yetuk, sifatli va jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Shunday «Inter»ning hali Chempionlar ligasini yutmagani hayratlanarli», — qo‘shimcha qildi portugaliyalik mutaxassis.

«Neradzurri» Chempionlar ligasining so‘nggi 10 mavsumidan 8 tasida ishtirok etgan. Jamoa 2023 va 2025 yillarda finalgacha yetib borgan, o‘tgan mavsumda esa musobaqani 1/8 final bosqichida tark etgan.

Kiritildi: 16:55, 07.09.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик