Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

David Rayya: «Biz APLda istalgan jamoani mag‘lub eta olamiz»

David Rayya: «Biz APLda istalgan jamoani mag‘lub eta olamiz»

Baho:
+ | -

«Arsenal» darvozaboni David Rayya jamoaning mavsum boshidagi muvaffaqiyatlari unga qo‘shimcha ishonch berayotganini aytdi.

«Arsenal» Angliya chempionatining yangi mavsumini ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladi. Bundan oldin esa jamoa Angliya Superkubogida «Manchester Siti»ni mag‘lub etgan edi.

«Bu uchta o‘yindan keyin, ayniqsa, Angliya Superkubogida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng... Biz qanday o‘ynaganimiz o‘zimiz xohlagan futbolni davom ettirish uchun qo‘shimcha motivasiya va ishonch bermoqda», — deya Rayyaning so‘zlarini Daily Mail keltirdi.

«Biz bu ligada istalgan jamoani mag‘lub eta olishimizni bilamiz. Faqat hozirgi lahzaga e’tibor qaratib, bugungi kun bilan yashashimiz kerak. Men o‘zimdan yanada ko‘proq narsa talab qilmoqchiman», — qo‘shimcha qildi darvozabon.

«Arsenal»ning navbatdagi uchrashuvi 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Kanonirlar» Chempionlar ligasi doirasida «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:26, 07.09.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик