«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland yaqinda sochini qisqa qilib olgani bilan muxlislarni hayratga solgan edi. Endi esa norvegiyalik goleador YouTube kanali orqali yana bir yangiligini ma’lum qildi — u o‘ziga g‘ildirakli uy sotib oldi.
«Do‘stlar, men bir narsa sotib oldim — o‘zimning shaxsiy avtokemperimni. Uni AQSHdan xarid qildim. Qayerga boraman? Shunchaki biror joyga yo‘l olaman va shu yerda uxlayman. U juda ajoyib», — dedi Xoland.
The Sun ma’lumotiga ko‘ra, bunday avtokemperning narxi taxminan 67 ming funt, ya’ni qariyb 80 ming yevroni tashkil qiladi. Shu bilan birga, zamonaviy modellarning narxi bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Erling Xoland Premyer-liganing o‘tgan 3 turida 3 ta gol urdi.













