Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Keyn: «Chempionlar ligasi kubogi bizniki bo‘lishi kerak»

Keyn: «Chempionlar ligasi kubogi bizniki bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn jamoaning Chempionlar ligasi yangi mavsumidagi asosiy maqsadi haqida gapirdi.

«O‘tgan mavsum g‘alabaga juda yaqin kelgandik. Biz Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marta yutgan jamoaga mag‘lub bo‘ldik. Bunda uyaladigan hech narsa yo‘q.

Yangi mavsumni kubok bizniki bo‘lishi kerak, degan fikr bilan boshlayapmiz. G‘alaba qozonish yo‘lini topishimiz kerak», — dedi Keyn TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum «Bavariya» Chempionlar ligasi yarim finalida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi bahslarda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.

Vensan Kompani shogirdlari yangi mavsumning 1-turida o‘z maydonida «Budyo-Glimt»ni qabul qiladi. Uchrashuv 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:10, 07.09.2026.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик