Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann «PSJ»ning Chempionlar ligasi yangi mavsumidagi imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.
«Agar Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi «Pari Sen-Jermen» jahon chempioni Ispaniya bilan o‘ynasa, men «PSJ»ga pul tikkan bo‘lardim. Jamoada eng yuqori saviyadagi futbolchilar yanada ko‘paydi. Sof futbol nuqtai nazaridan esa Chempionlar ligasini jahon chempionatidan yuqori qo‘yaman», — dedi Xamann Die Welt nashriga bergan intervyusida.
Mutaxassis «Arsenal», «Barselona», «Real» va «Bavariya» kabi raqiblar bilan taqqoslaganda ham parijliklarni ustun ko‘rishini ta’kidladi.
«Men «PSJ»ni ulardan bir pog‘ona yuqori qo‘yardim. Xvicha Kvarasxeliya bilan parijliklar tarkibida, shubhasiz, ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor. Usmon Dembeleni ham unutmaslik kerak.
«PSJ»ning har bir pozisiyasida jahon darajasidagi futbolchilar bor. Sardor Markinyos esa jamoani ajoyib tarzda boshqaradi.
Shu sababli, bu mavsum Chempionlar ligasida yana «PSJ»ni mag‘lub etish kerak bo‘lgan asosiy jamoa deb hisoblayman», — qo‘shimcha qildi Xamann.
«Pari Sen-Jermen» Chempionlar ligasidagi yangi mavsumni chorshanba kuni «Slovan»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













