«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen jamoa hujumchisi Xarri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi.
Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Keyn bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ikki tomon ham shartnomani uzaytirishni xohlamoqda. Shartnoma muddati — hozir bu yerda gapira olmaydigan tafsilotlardan biri», — dedi Drizen Sport1 nashriga.













