Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatidagi eng muhim gollari haqida fikr bildirdi. Qizig‘i, ularning barchasi Chempionlar ligasida urilgan.
Braziliyalik futbolchi klub televideniyesiga bergan intervyusida 2022 va 2024 yillardagi Chempionlar ligasi finallarida «Liverpul» hamda Dortmundning «Borussiya»siga qarshi urgan gollarini alohida qayd etdi.
«Bu hayotimdagi eng muhim ikki gol. Ular tarixda abadiy qoladi. Ko‘plab futbolchilar gol uradi, ammo ulardan juda kamchiligi finalda o‘zini ko‘rsata oladi. Dunyoning eng buyuk klubi safida finalda gol urish — men ham, muxlislar ham hech qachon unutmaydigan voqea», — dedi futbolchi.













