Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Rafael Gerreyru «Roma» qiziqish doirasida

Rafael Gerreyru «Roma» qiziqish doirasida

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Rafael Gerreyru faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik universal futbolchini «Roma» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, Rim klubi himoyaning chap qanotini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. «Roma» hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan, ammo 32 yoshli Gerreyru nomzodini boshqa variantlar qatorida jiddiy o‘rganmoqda.

Gerreyru o‘tgan mavsum yakuniga yetgach, erkin agentga aylangan. U «Bavariya» safida uch yil o‘ynadi. Himoyaning bir nechta pozisiyasida, shuningdek, yarim himoyada ham harakat qila oladigan futbolchi bunga qadar yetti yil davomida Dortmundning «Borussiya»si sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 04:38, 08.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик