"Santos" hujumchisi Neymar mushak jarohati sabab kamida bir oy maydonga tushmaydi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi "Palmeyras"ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda sonning orqa qismi mushagidan o‘rta darajadagi jarohat olgan.
Neymar "Santos"ning bir nechta o‘yinini, jumladan, Janubiy Amerika kubogi chorak finalida "Atletiko Mineyro"ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuboradi.
ESPN Brasil manbalariga ko‘ra, "Santos" futbolchining sog‘lig‘i bilan tavakkal qilmaydi va uni faqat to‘liq tiklanganidan keyingina mashg‘ulotlarga qaytaradi. Kutilishicha, bu FIFA taqvimidagi xalqaro tanaffusdan keyin sodir bo‘lishi mumkin.
Neymar 2026 yilgi mavsumda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma qayd etdi.













