"Arsenal"ning sobiq sport direktori Edu shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng "Nottingem Forest"ni tark etdi. Bu haqda Goal xabar berdi.
48 yoshli braziliyalik mutaxassis bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin klubga futbol yo‘nalishi bo‘yicha global rahbar sifatida qo‘shilgan edi.
So‘nggi bir necha oy davomida Edu amalda ish jarayonida deyarli ishtirok etmagan. U fevral oyidan beri jamoa o‘yinlariga bormagan, mart oyi boshidan esa stadion va mashg‘ulot bazasida ham ko‘rinmagan.
Edu klubdagi transfer siyosati uchun tanqid qilingan. Katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, Omari Xatchinson, Duglas Luis va Aleksandr Zinchenko kabi futbolchilar jamoa o‘yiniga kutilgan darajada ta’sir o‘tkaza olmagan.
"Nottingem Forest" Eduning o‘rniga alohida mutaxassis tayinlashni rejalashtirmayapti. Uning ketishidan so‘ng futbol direktori Jorj Sirianosning vakolatlari kengaytirilgan.
Edu "Nottingem Forest"ga o‘tishidan oldin "Arsenal"da ishlagan va 2022 yildan klub sport direktori lavozimini egallagan.













