«Napoli» UYEFA Chempionlar ligasida «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.
Manbaga ko‘ra, jamoat tartibi nuqtai nazaridan mazkur uchrashuv yuqori xavfli tadbir deb baholangan. Shu bois Diyego Armando Maradona nomidagi stadionda o‘tadigan o‘yin mahalliy hokimiyatning alohida nazoratiga olingan.
Yevrokubok bahsi uchun hozirgacha qariyb 45 mingta chipta sotilgan. Chempionlar ligasi o‘yini chiptalarining qimmatligi stadion to‘liq to‘lmasligining asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Angliyadan taxminan 1500 nafar «Arsenal» muxlisi kelishi kutilmoqda.
Xavfsizlik xodimlari asosiy e’tiborni mehmon muxlislarining harakatlanishini nazorat qilish va raqib jamoalar ishqibozlari o‘rtasida ehtimoliy to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratadi. Mahalliy hokimiyat o‘yin kuni hech qanday noxush hodisa yuz bermasligi uchun kuchaytirilgan tartibda ish olib boradi.
«Napoli» — «Arsenal» uchrashuvi 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













