Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Lion» Benzemani qaytarishga uringani tasdiqlandi

«Lion» Benzemani qaytarishga uringani tasdiqlandi

Baho:
+ | -

«Lion» sport direktori Matyo Lui-Jan yozgi transfer oynasida Karim Benzemani klubga qaytarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi.

«Haqiqatan ham, yozda vositachi orqali Karim bilan aloqa bo‘ldi. Menimcha, bu transferni amalga oshirish imkonsiz edi, chunki uning amaldagi shartnomasi bunga to‘sqinlik qilardi. Karim — buyuk futbolchi. O‘sha paytda biz hujumchi izlayotgan edik, ammo muzokaralar bundan nariga o‘tmadi», — dedi Lui-Jan.

Avvalroq 38 yoshli futbolchining «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi borligi sababli transfer amalga oshmagani xabar qilingan edi.

Shu bilan birga, Benzema 2030 yilgacha Saudiya Arabistoni chempionatining elchisi hisoblanadi va mazkur kelishuv shartlarini bajarish niyatida. Bu majburiyat uning boshqa mamlakat klubi bilan shartnoma imzolashiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi 31 avgust kuni Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasini bekor qildi. «L'Eqipe» nashri Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi yaqin vaqt ichida faoliyatini yakunlashi ehtimoli oshib borayotganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 08:19, 08.09.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик