Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Ruud Gullitning sobiq rafiqasi ajrashish sababini oshkor qildi

Ruud Gullitning sobiq rafiqasi ajrashish sababini oshkor qildi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

"Milan" afsonasi Ruud Gullitning sobiq rafiqasi Estel Kroyf Niderlandiya televideniyesi efirida ularning nikohi buzilishiga sabab bo‘lgan voqeani esladi.

"Bu men turmush o‘rtog‘imni o‘z uyimizning mehmonxonasida boshqa ayol bilan ushlab olganimdan keyin sodir bo‘ldi. Men xonaga farzandlarim bilan kirdim, qizim ham, o‘g‘lim ham barchasini ko‘rdi. Shuning uchun ajrashdim.

Bunday voqeani tezda unutib bo‘lmaydi. Albatta, vaqt o‘tishi bilan og‘riq kamayadi. Vaqt barcha yaralarni davolaydi, ammo insonda har doim ham kutish uchun yetarlicha vaqt bo‘lavermaydi", — dedi Kroyf.

Keyinchalik Estel o‘ziga nisbatan 21 yosh kichik bo‘lgan, Marokashda tug‘ilgan kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Badr Xari bilan munosabat o‘rnatgan.

"Ruud bir narsani bilishi kerak: Badr meni undan tortib olmagan. Ruudning o‘zi meni boy bergan. Uni tark etayotganimni aytganimda, u juda g‘azablandi.

Albatta, Ruudning boshqa ayollar bilan munosabatlari bo‘lgan. Nikohimiz davomida u menga doimo xiyonat qilardi. Men buni bilardim, u esa hammasini doim rad etardi. Yillar o‘tishi bilan unga bo‘lgan ishonchim tobora kamaydi. Oxir-oqibat unga umuman ishonmay qo‘ydim", — dedi Yoxan Kroyfning jiyani bo‘lgan Estel.

Kiritildi: 09:57, 08.09.2026.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик