«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska UYEFA Chempionlar ligasi 1-turida «Portu»ga qarshi o‘tadigan safar uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.
«Bu juda murakkab safar bo‘ladi. Ular mavsumni juda yaxshi boshladi. Yevropa musobaqalaridagi so‘nggi 14–15 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lub bo‘lishgan. Bu yerda o‘ynash qanchalik qiyin ekanini shuning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Ammo biz g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
«Portu» — juda yaxshi jamoa. Ularning futbolchilari turli xususiyatlarga ega, ammo jamoaviy o‘yini juda aniq yo‘lga qo‘yilgan. Ular to‘p bilan ham, to‘psiz ham tajovuzkor harakat qiladi va o‘ziga xos uslubga ega. Shunga qaramay, g‘alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
Maqsadimiz avvalgidek — o‘zligimizni saqlash va o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi Mareska.
Sports.ru ma’lumotiga ko‘ra, «Portu» joriy mavsum boshidan buyon o‘tkazgan barcha oltita uchrashuvida g‘alaba qozongan.













