Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi haqida fikr bildirdi.
«Bu masalada qandaydir noaniqlik bo‘ladi deb o‘ylamayman. «Oltin to‘p»ni «PSJ» futbolchisi qo‘lga kiritadi», — deya Dembelening so‘zlarini keltiradi L’Équipe.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli sovrinning amaldagi sohibi ham Usmon Dembele hisoblanadi.
«PSJ» o‘tgan mavsum ketma-ket ikkinchi bor UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Luis Enrike shogirdlari finalda Londonning «Arsenal» klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Parijliklar shuningdek, Fransiya Liga 1 chempionligini ham qo‘lga kiritdi.













