Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 0-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 0-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Vilyarreal» murabbiyi «Borussiya»ga qarshi o‘yin oldidan maqsadini aytdi

«Vilyarreal» murabbiyi «Borussiya»ga qarshi o‘yin oldidan maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» «Deportivo»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni unutib, bor e’tiborini Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi yevrokubok bahsiga qaratdi.

Jamoa bosh murabbiyi Inigo Peres matbuot anjumanida futbolchilar safarda g‘alaba qozonish uchun ruhan tayyor ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqibning nufuzi yoki La Ligadagi so‘nggi natijalar bu maqsadga ta’sir qilmaydi.

«Mag‘lubiyatdan keyin o‘zingizga kelish zarur va bu tabiiy jarayon. Mag‘lubiyat futbolchilarga og‘ir botadi. Ammo ertangiday uchrashuv oldinda turganida, bor e’tiborni unga qaratish shart», — dedi Peres.

Murabbiy o‘tmishga qarab qolish foydasiz ekanini ham ta’kidladi.

«O‘tgan yili yoki ikki kun oldin sodir bo‘lgan voqealarni bir chetga surishimiz kerak. Bu — yangi tarix va unga shunday munosabatda bo‘lishimiz lozim. Ertaga hammasini yangidan boshlash imkoniyati bor. Bu boshqa uchrashuv va u safarda o‘tadi. Biz uni tahlil qilamiz. Faqat shu o‘yin haqida o‘ylash bizga yordam berishi mumkin».

Peres jamoa hujumdan voz kechmagan holda, himoyada ham mustahkam harakat qilishga intilayotganini aytdi.

«Biz bu yerda g‘alaba qozonmoqchimiz. Hujumda aniq harakat qilish himoyada ishonchli va jips bo‘lishga xalal bermaydi. Hozirgacha bizga aniqlik yetishmadi. Kerakli o‘yin va natijaga erishish uchun murabbiy ishlashda davom etishi kerak».

Inigo Peres Germaniya jamoasining kuchli jihatlariga ham to‘xtaldi.

«Ularda bir necha yildan buyon bir murabbiy va bir xil tizim saqlanib kelmoqda. Ayrim taktik o‘zgarishlarga qaramay, Kovach boshchiligida tahlil qilgan barcha o‘yinlarimizdagi kabi «Borussiya»ni kutyapmiz. Ular o‘z falsafasi va asosiy futbolchilarini saqlab qolgan. Shu bois bizga yaxshi tanish bo‘lgan jamoani ko‘rishni kutmoqdamiz», — dedi murabbiy.

Kiritildi: 13:37, 08.09.2026.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик