David Rayya yilning eng yaxshi darvozaboni sovrigiga nomzodlar qatoriga kiritildi.
Ispaniyalik golkiper o‘tgan mavsumda «Arsenal» bilan Angliya Premyer-ligasida chempion bo‘ldi, Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi va Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Rayya yilning eng yaxshi darvozaboni sovrini uchun Emiliano Martines, Tibo Kurtua va Gregor Kobel kabi futbolchilar bilan birga kurashadi. U zamonaviy darvozabon rolini yangi bosqichga olib chiqqan futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Mikel Arteta qo‘l ostida Rayya faqat darvozani qo‘riqlovchi emas, balki jamoa hujumlarini boshlab beruvchi birinchi futbolchi vazifasini ham bajaradi. U raqib bosimi ostida to‘pni uzoqqa tepib yuborish o‘rniga, sabr bilan harakat qilib, aniq paslar orqali hujumni rivojlantirishga intiladi.
Arteta ham Rayyaning bunday tavakkalkor uslubini ochiq qo‘llab-quvvatlagan.
«Davidda menga eng yoqadigan jihat — uning jasorati. Agar kimdir uning xatosini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, menga e’tiroz bildirsin, chunki bu mening ko‘rsatmam», — degan ispaniyalik mutaxassis.
Rayya o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida 19 ta o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab, «Oltin qo‘lqop» sovrig‘ini ham qo‘lga kiritdi.













