«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoalarning sovrinlar yutishida muhim ahamiyat kasb etadigan jihatni aytdi.
«Sovrin yutadigan barcha jamoalar raqibga bosim o‘tkazadi, pressing qiladi. Agar yugurmasang, seni o‘tib ketishadi. Men ham pressing qilaman. Jamoa uchun buni qilish kerak», — dedi Yamal.
Joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi.
9 sentyabr, chorshanba kuni «Barselona» Chempionlar ligasidagi yangi yurishini boshlaydi. Umumiy bosqichning 1-turida kataloniyaliklar Niderlandiyaning «Feyenoord» klubini qabul qiladi.













