«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga va Chempionlar ligasidagi hakamlik saviyasi haqida fikr bildirdi.
«La Liga va Chempionlar ligasida hakamlik darajasi yaxshi. Hakamlarga har doim ham oson emas. Biz ularga ishonishimiz va yordam berishimiz kerak. Men esa har doim xotirjamlikni saqlashga harakat qilaman», — dedi Flik.
Joriy mavsumda «Barselona» Ispaniya chempionatining dastlabki to‘rt turida to‘rtta g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
9 sentyabr, chorshanba kuni Flik shogirdlari Chempionlar ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. «Barselona» umumiy bosqichning 1-turida «Feyenoord»ga qarshi maydonga tushadi.













