Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Flik: «Barselona»ning bir nechta futbolchisi «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin»

Flik: «Barselona»ning bir nechta futbolchisi «Oltin to‘p»ni yutishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik jamoaning bir nechta futbolchisi 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun real imkoniyatga ega ekanini aytdi.

«Albatta, bizda juda ko‘p ajoyib futbolchilar bor va ulardan biri «Oltin to‘p»ni yutsa, men juda xursand bo‘laman. Lekin bu mening vazifam emas. Eng muhimi — har kuni to‘g‘ri munosabat va mentalitetni saqlash. Ulardan bir nechtasi bu sovrinni yutishi mumkin», — dedi Flik.

Joriy mavsum davomida «Barselona»ning bir qator futbolchilari o‘z o‘yini bilan e’tibor markazida bo‘lib, «Oltin to‘p»ga nomzodlar qatoriga kiritildi.

Shunga qaramay, Flik individual e’tirofdan ko‘ra, futbolchilarning har kuni to‘g‘ri mentalitet va yuqori mas’uliyat bilan ishlashi muhimroq ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:03, 08.09.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик