Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Manchester Yunayted» qiziqishiga qaramay, Xoll «Nyukasl» bilan muzokaralarni tezlashtirdi

«Manchester Yunayted» qiziqishiga qaramay, Xoll «Nyukasl» bilan muzokaralarni tezlashtirdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xoll yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs Aleks Kruk ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xollga jamoaning yangi bosh murabbiyi Mattias Yayssle qo‘l ostida ishlash juda yoqmoqda. Shu sababli so‘nggi haftalarda futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar sezilarli darajada tezlashgan.

Qayd etilishicha, Xoll bilan yangi kelishuv tuzish «Nyukasl» sport direktori Ross Uilson uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» 2027 yilda himoyachini sotib olishga yana urinib ko‘rishi mumkinligi xabar qilingandi. Manchester klubi o‘tgan yozda Xollni o‘z safiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lmagan.

Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:14, 08.09.2026.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик