Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

«Inter» murabbiyi darvozabonining xatosi haqida fikr bildirdi

«Inter» murabbiyi darvozabonining xatosi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kivu jamoa darvozaboni Xosep Martinesning «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Milanliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda Martines ikkinchi gol oldidan xatoga yo‘l qo‘ydi. Biroq shundan keyin u bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

«Eng muhimi — xatodan keyin qanday reaksiya qilishing. U yuqori darajali darvozabonga xos tarzda javob qaytardi: konsentrasiyani yo‘qotmadi va bir nechta ajoyib seyv amalga oshirdi.

Bu faqat darvozabonlarga taalluqli emas. Har qanday futbolchi uchun xatodan keyin boshini egib qolmaslik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash juda muhim», — deya Kivuning so‘zlarini Football Italia keltiradi.

Avvalroq «Inter» bosh murabbiyi mazkur uchrashuv natijasi haqida ham fikr bildirgan edi.

Kiritildi: 03:44, 09.09.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик