Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Mbappe Chempionlar ligasi yoki «Oltin to‘p» o‘rtasida tanlov qildi

Mbappe Chempionlar ligasi yoki «Oltin to‘p» o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

«Real»ning yulduz hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish o‘rtasidagi tanlovini ma’lum qildi.

Fransiyalik futbolchi avvalroq «Oltin to‘p»ga munosib ekanini va ovoz berish imkoniyati bo‘lsa, o‘ziga ovoz berishini aytgan edi. Biroq u shaxsiy manfaatlarni jamoaviy maqsadlardan ustun qo‘ymasligini ta’kidladi.

«Men uchun «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish «Oltin to‘p»ni olishdan muhimroq», — deya Mbappening so‘zlarini The Touchline keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» Chempionlar ligasidagi mavsumni o‘z maydonida «Inter» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

Madridliklar safida Kilian Mbappe va Federiko Valverde gol urdi. «Inter»ning yagona goliga Karlos Augusto mualliflik qildi.

Kiritildi: 04:05, 09.09.2026.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик