Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Mourinyo: «Jamoa uchun o‘ynasa, Vinisiusni doim qo‘llab-quvvatlayman»

Mourinyo: «Jamoa uchun o‘ynasa, Vinisiusni doim qo‘llab-quvvatlayman»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Inter» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

Murabbiydan muxlislarning Vinisiusni hushtakbozlik bilan qarshi olgani hurmatsizlik ekan-emasligi so‘raldi.

«Men muxlislarni tanqid qilmayman, murabbiy sifatida o‘z fikrimni aytyapman. Vinisius mening hurmatimga loyiq. Hozir u eng yaxshi formasida emas va buni birinchi navbatda uning o‘zi biladi.

U o‘yinlar taqdirini hal qiladigan avvalgi Vinisiusga aylanish uchun ishlayapti. Hozir eng yuqori formasida bo‘lmagani uchun har qachongidan ham ko‘proq mehnat qilmoqda. Biz hali «Real»ga o‘yinlar yutib beradigan Vinisiusni ko‘ramiz», — dedi Mourinyu.

Portugaliyalik mutaxassis futbolchini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ham ta’kidladi.

«Agar u jamoa uchun ishlasa, men uni doim qo‘llab-quvvatlayman. Bu u har doim asosiy tarkibda tushadi yoki 90 daqiqa maydonda qoladi degani emas. Ammo jamoa manfaati uchun o‘ynasa, u doim mening hurmatim va mehrimga sazovor bo‘ladi.

Bugun unga uchta markaziy himoyachi va laterallar bilan o‘ynaydigan raqibga qarshi harakat qilish qiyin bo‘ldi. Vinisius eng yaxshi formasida bo‘lsa, o‘yinlar taqdirini hal qiladi. Men buni «Benfika»ni boshqargan paytimda ham ko‘rganman — u birgina qarshi hujum bilan o‘yin natijasini hal qilgan edi», — dedi Mourinyu.

«Real» endi Ispaniya chempionati doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi.

Kiritildi: 04:06, 09.09.2026.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик