Milanning «Inter» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi o‘yinida Madridning «Real» klubiga mag‘lub bo‘ldi. Karlos Augustoning goliga qaramay, uchrashuvdan keyin futbolchi biroz xafa ko‘rindi.
«Gol urganimdan xursandman, ammo aralash hissiyotlardaman. Men uchun eng muhimi — «Inter»ning g‘alaba qozonishi. Biz xarakter ko‘rsatdik va «Udineze»ga qarshi o‘yinga tayyor holda yetib borish uchun bu kayfiyatni saqlab qolishimiz kerak. Hisobda ortda qolayotganingda gol urishga harakat qilasan, shu sababli himoyada bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Ammo biz buni uddaladik va shu ruhda davom etishimiz kerak», — dedi Augusto.
Oktyabr oyida «Inter» Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini «Bryugge»ga qarshi o‘tkazadi.













