Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Kurtua Millatlar ligasida Belgiya safida o‘ynamaydi

Kurtua Millatlar ligasida Belgiya safida o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi Mark van Bommel bilan suhbatdan so‘ng Millatlar ligasining butun mavsumini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

«Men Millatlar ligasida o‘ynamaslikka qaror qildim. Faqat jarohatlar sabab tarkibda jiddiy muammolar yuzaga kelsa, istisno bo‘lishi mumkin. Bu qaror jamoa «To‘rtlik finali»ga chiqsa ham, o‘ynamasligimni anglatadi», — deya Kurtuaning so‘zlarini hln.be keltiradi.

Jahon chempionatidan so‘ng darvozabon bir yilga terma jamoadagi ishtirokini to‘xtatib, dam olishni istashini aytgan edi. Shu bilan birga, Kurtua milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani yo‘q.

«Evro saralash o‘yinlaridan boshlab yana jamoa ixtiyorida bo‘laman. Van Bommel esa menga asosiy tarkibdagi o‘rinni kafolatlay olmasligini aytdi. Agar Millatlar ligasida o‘ynaydigan darvozabon o‘zini yaxshi ko‘rsatsa, murabbiy unga ishonishda davom etishi mumkin.

Ammo men o‘z o‘rnim uchun kurashmoqchiman. Yana Belgiya termasining birinchi raqamli darvozaboni ekanimni isbotlashni istayman», — dedi Kurtua.

Nazariy jihatdan, yaqindagi jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi o‘yin Kurtuaning Belgiya termasidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lib qolishi ham mumkin.

«Men bunday bo‘lishini kutmayapman», — dedi darvozabon.

Tibo Kurtua Belgiya milliy jamoasi safida 115 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Kiritildi: 15:49, 09.09.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик