Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde joriy yilgi «Oltin to‘p» mukofoti kimga berilishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
Urugvaylik futbolchi sovrin «Real»dagi jamoadoshlaridan biriga nasib etishini doimo umid qilishini ta’kidladi.
«Men har doim «Oltin to‘p»ni jamoadoshlarimdan biri qo‘lga kiritishini istayman. Ularni qo‘llab-quvvatlash va yordam berish orqali har birining «Oltin to‘p»ni yutishiga hissa qo‘sha olishimdan xursandman», — dedi Valverde.













