«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning 18 yoshli yangi futbolchisi Jesse Bisivuning Chempionlar ligasi doirasida «Feyenoord»ga qarshi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«U bu uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmaydi, ammo hozir yaxshi formada. Rejamiz — uni biz bilan birga mashg‘ulotlarda ushlab turish, biroq ikkinchi jamoa tarkibida o‘ynatish.
Unda katta salohiyat borligini ko‘ryapman. Men barcha futbolchilarni kuzatib borishimni aytganman.
Uning asosiy jamoa safida bir nechta uchrashuvda maydonga tushish imkoniyati yuqori, deb hisoblayman», — dedi Flik.













