Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Superliga. "Neftchi" "Surxon"ni mag‘lub etib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi

Superliga. "Neftchi" "Surxon"ni mag‘lub etib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Neftchi" — "Surxon" uchrashuvi yakunlandi. Farg‘onadagi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Neftchi" 12-daqiqada hisobni ochdi. Alisher Odilovning uzatmasidan keyin Vladimir Yovovich to‘pni darvozaga yo‘lladi.

31-daqiqada farg‘onaliklar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Stipe Perisa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan "Surxon" farqni qisqartirdi. 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Kamronbek Yusupov 47-daqiqada gol urib, hisobni 2:1 qildi.

64-daqiqada "Neftchi" yana penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu safar Perisa raqib darvozabonini dog‘da qoldira olmadi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va "Neftchi" 2:1 hisobidagi g‘alabani saqlab qoldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:13, 09.09.2026.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик