«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrikning hozirgi vaziyati haqida fikr bildirdi. U sobiq jamoadoshini klub rahbariyati unga ko‘p vaqt bermasligi mumkinligidan ogohlantirdi.
«Sen «Manchester Yunayted» murabbiyi bo‘lsang, doimo bosim ostida bo‘lasan. Hozir senda ko‘p vaqt yo‘q. Bor kuching bilan ishlashing va kerakli futbolchilarni olib kelishing kerak. Chunki olti yoki o‘n ikki oydan keyin o‘tirib, nimani boshqacha qilish kerak edi, deb o‘ylashni istamaysan.
Biz Chempionlar ligasini yutishni xohlaymizmi? Albatta. Ammo klub yana yuqori darajaga qaytish jarayonini boshdan kechirayotgan ekan, hozircha o‘sha saviyaga yetmaganimizni tan olishimiz kerak. «Arsenal» ham bu jarayondan besh yil davomida o‘tdi va har yili o‘sishni ko‘rdik.
Karrik transferlardan mamnun ekanini aytdi. Ammo menimcha, hech bir murabbiy o‘z tarkibidan to‘liq qoniqmaydi. Ba’zi gaplarni aytishga to‘g‘ri keladi — barcha murabbiylar shunday qiladi.
Lekin Karrikning kutib o‘tirishga vaqti yo‘q. U: «Yana bir yil kutib turaman, himoyamni yo‘lga qo‘yaman», deb o‘tira olmaydi. Amerikalik egalar muvaffaqiyatni darhol xohlaydi», — dedi Runi Stick to United podkastida.
«Manchester Yunayted» 10 sentyabr kuni Chempionlar ligasida «Sabah»ga qarshi maydonga tushadi.













