O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi Yaponiyada o‘tkaziladigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, erkaklar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida Adhamjon Ergashev, 75 kgda Diyorbek Ro‘zmetov, 85 kgda Hasanboy Berdiyev, 95 kgda Muhammadqodir Toshtemirov, 110 kg vazn toifasida esa Akbar Jo‘rayev O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Ayollar bahsida 53 kg vazn toifasida Nigora Abdullayeva musobaqada ishtirok etadi.
Shu tariqa, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlariga jami 6 nafar sportchi bilan yo‘l oladi.













