«Arsenal» 2026/27 mavsumini muvaffaqiyatli boshladi — jamoa dastlabki 5 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.
Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida safarda «Napoli»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, «Arsenal» Angliya Superkubogida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida yengdi. Jamoa «Koventri» ustidan 3:0, «Aston Villa» ustidan 1:0 va «Chelsi» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, londonliklar mavsum boshidan buyon 5 ta o‘yinda 10 ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi 1 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
12 sentyabr kuni «Arsenal» «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.













