Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Markos Lyorente Chempionlar ligasida yana «Liverpul» darvozasini ishg‘ol qildi, ammo uning goli jamoasiga ochko olib kelishga yordam bermadi.
Ispaniyalik futbolchi 17-daqiqadayoq hisobni ochdi. «Liverpul» 40-daqiqada Dominik Soboslai goli bilan hisobni tenglashtirdi. 50-daqiqada esa Aleksis Mak Allister mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Lyorentening Chempionlar ligasi doirasida «Enfild»da urgan gollari soni 5 taga yetdi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Karim Benzemani ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi.
«Enfild»da yana gol urganimdan juda xursandman, bunga ishonish qiyin. Ammo yosh o‘tishi bilan, jamoa g‘alaba qozonmasa, shaxsiy gollarning ahamiyati kamayadi», — dedi 31 yoshli futbolchi.
Lyorente uchun bu mart oyidan beri urilgan birinchi gol bo‘ldi. O‘shanda u «Tottenxem» darvozasini ishg‘ol qilgan edi.













